Namanganda cho‘milgan 27 yoshli yigit cho‘kib ketdi

Namanganda cho‘milgan 27 yoshli yigit cho‘kib ketdi

Namangan viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosida yana bir achinarli hodisa yuz berdi. Cho‘milish vaqtida 27 yoshli yigit suvga cho‘kib ketgani haqida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, marhum 1999 yilda tug‘ilgan bo‘lib, Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida yashagan. U Namangan tumanidagi “Oq yer” mahallasi hududidan o‘tuvchi Sirdaryo daryosida cho‘milayotgan vaqtda ehtiyotsizlik oqibatida suvga g‘arq bo‘lgan.

Hodisa haqida 12 iyul kuni soat 18:26 da 112 yagona qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan. Shundan so‘ng voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar xizmati qutqaruvchilari jalb etilgan.

Ayni paytda Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining maxsus qidiruv-qutqaruv otryadi g‘avvoslari suv ostida, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari esa suv yuzasida qidiruv ishlarini uzluksiz davom ettirmoqda.

Mutasaddi idoralar fuqarolarni belgilanmagan joylarda cho‘milmaslikka, suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar