Kecha, 18 may kuni soat taxminan 21:00 atrofida Toshkentning Furqat ko‘chasidan Xadra maydoniga olib chiquvchi yo‘ldagi tonnelda Lacetti avtomobili yonib ketdi, deb xabar beradi Qalampir nashri. Bu haqdagi xabar yashin tezligida ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqaldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, oq rangdagi Lacetti avtomobili yong‘in chiqishidan avval yo‘l chetidagi beton to‘siqqa borib urilgan. Old va yon qismlaridan qattiq shikastlangan avtomobilda yong‘in kelib chiqqan. Avtomobil tonnelga kiraverishda yona boshlagach, tonnelda boshqa avtomobillar harakati ham to‘xtagan, buning oqibatida juda katta tirbandlik yuzaga kelgan.
Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasidan xabar qilishlaricha, yong‘inni o‘chirish uchun ikkita o‘t o‘chirish avtomobili safarbar qilingan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida hech kim qurbon bo‘lmagan. Avtomobilni boshqargan erkakka bosh miya sohasi yopiq jarohati, miya chayqalishi, bosh miya jarohati, bosh miya tepa sohasi, bosh miya tepa sohasi yumshoq to‘qimalari lat eyishi hamda alangadan o‘ng bilak sohasi kuyishi tashxisi qo‘yilgan.
Shaxsiy mulki yonib ketayotganidan o‘zini qo‘yarga joy topolmagan haydovchi avval o‘t o‘chirish moslamasi bilan yong‘inni to‘xtatishga harakat qilgan, ammo foyda bermagach, havo tozalovchi vositani ham mashinaga qarata sepib ko‘rgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi