
Moskvadagi Kursk vokzalida O‘zbekistondan kelgan yigitni pul talab qilishib barchaning ko‘z o‘ngida kaltaklashdi va mashina yukxonasiga tiqishdi. Kursk vokzalida yuz bergan hodisa haqida guvohlar polisiyaga zudlik bilan xabar qilishgan, deb xabar qildi "Sof.uz" nashri.
"Yiqilib tushdim. Hujjatim yo‘q. O‘zbekistondanman. Lekin hammasi yaxshi, ichmaganman, aqlim joyida", — dedi Paveleskiy maydonida avtoinspektorlar tomonidan Ford Galaxy yukxonasidan chiqarilgan yigit.
Mashina salonida uch nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan. Tezkor ma’lumotlarga qaraganda, ular o‘z yurtdoshlaridan pul talab qilishgan, lekin uning puli bo‘lmagan.
Qo‘lga olinganlarning barchasi vaqtincha qamoqqa olindi, voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar