Angrenda unashtirilgan yigit va qiz to‘y ko‘rishga ulgurmay halok bo‘ldi. Voqea Angren daryosi sohilida sodir bo‘lgan. Aniqrog‘i, sohil bo‘yiga mashinada borgan yoshlar noma’lum sababga ko‘ra avtomobil bilan birga cho‘kib ketgan. Bu haqda mahalliy aholi vakillari “Qalampir.uz”saytiga xabar berdilar.
Guvohlarning ma’lum qilishicha, Spark rusumli mashinani suvdan chiqarishganida, rulda o‘tirgan yigitning oyog‘i pedalga yopishib qolgani aniqlangan.
Halokat sababi ma’lum qilinmagan. Daryo yaqinidagi mashina kuchli oqim tufayli boshqaruvni yo‘qotgan bo‘lishi mumkin, degan taxminlar aytilmoqda.
Xabar berilishicha, Anora va Ilhomning tobuti “Yor-yor” sadolari ostida qabristonga eltilgan.
Ikki yoshning to‘yini orzu qilgan ota-onalar azasini ko‘rganda qay ahvolga tushganini tasavvur qilish qiyin emas. To‘ydan oldingi uchrashuvlar unashtirilgan yigit-qizlar o‘rtasida bo‘lishi tabiiy hol. Urf-odatlarimizga ko‘ra, bunday vaqtda yoshlar asosan odamlardan holi joylarda ko‘rishishga harakat qiladi. Biroq birgina uchrashuv tufayli tavakkal qilish shartmikan?
Suv bo‘yiga bunchalik yaqin borishmaganda,ushbu fojia sodir bo‘lmasmidi? Yana kim bilsin. Nima bo‘lganda ham inson har qanday sharoitda xavfsizlikka rioya qilib, ehtiyotkorlik bilan ish tutsa, bu kabi ko‘ngilsiz holatlar oldi olinadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi