11 676
Qozog‘istonda haqiqiy qahramon sifatida olqishlanayotgan qiz aslida qotil bo‘lib chiqdi…
Shimoliy Qozog‘iston viloyatida yashovchi Kseniya Shestoperova «Favqulodda vaziyatda jasurligi uchun» medali bilan taqdirlangan va u mamlakat bo‘ylab rosmana qahramon sifatida e’zozlab kelinayotgandi. Ammo qizning misi chiqib qoldi. Kseniya bundan besh yil burun qo‘shni erkakni so‘yib tashlab, jasadni tomorqaga ko‘mib yuborgan va bu haqda hech kimga lom-mim demagan ekan. O‘shanda Kseniyaning yoshi 24 da edi. 25 yoshida daryoga cho‘kayotgan 40 yoshli erkakni sohilga olib chiqqani uchun mamlakat qahramoniga aylandi.
Prokurorlarning aytishicha, qo‘shnisini so‘yib qo‘ygan-u, jabrlanuvchi hali o‘lmagan chiqqan. Kseniya aybi oshkor bo‘lishidan qo‘rqib, erkakning boshiga to‘mtoq buyum bilan bir necha marta zarba bergan. Xullas, uni o‘ldirgan. Qarangki, o‘shandan beri ota-onasini ham chin dunyoga kuzatdi. Piyonistalikka berildi. Natijada jigari ishdan chiqdi. Jinoyati ham xuddi shu piyonistaligi tufayli oshkor bo‘ldi. Kayfda bilmasdan shishadoshlaridan biriga gullab qo‘ygandi. Ulfat zudlik bilan polisiyaga xabar berdi.
— Men qo‘shni erkakni o‘ldirgach, — deydi Kseniya tergovda. — Murdani qopga joyladim-da, uyimizning orqasidagi tomorqaga olib chiqdim. Tomorqamizda chuqur bor edi. O‘sha chuqurga tashlab ustiga tuproq tortdim…
Sud adolatli hukm chiqardi. Qahramon qotil Kseniya Shestoperova 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jazoni intizom kuchaytirilgan koloniyada o‘taydigan bo‘ldi. Sud unga berilgan medalni tortib olish haqida alohida qaror qabul qildi.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi