6 798
O‘rinbosarini ishdan chetlatishni taklif etgan “Toshshahartransxizmat” AJ rahbarining o‘zi ishdan olindi
Avvalroq, “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha Hosil Xolmatov o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan qaragani uchun moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari M.Valievni egallab turgan vazifasidan ozod etish taklifini kiritgani haqida xabar bergan edik.
O‘rinbosarini ishdan chetlatish taklifini kiritgan rahbarning o‘zi ish boshlaganiga ko‘p bo‘lmay turib vazifasidan ozod etildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ rasmiy saytida ma’lumot berildi.
Toshkent shahar hokimining 2017 yil 12 maydagi 578-sonli qarori bilan “Toshshahartransxizmat” “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga tayinlangan Hosil Xolmatov Toshkent shahar hokimining 2017 yil 19 maydagi 614-sonli qaroriga asosan vazifasidan ozod etilgan.
Ma’lum qilinishicha, Hosil Xolmatov o‘tgan qisqa vaqt mobaynida ko‘pgina topshiriqlarni xodimlarni lavozim yo‘riqnomalarida belgilangan vazifalar bo‘yicha emas, balki o‘zining sub’ektiv qarashlaridan kelib chiqib bergan, o‘tkazilgan yig‘ilishlarda qisqa vaqt (10 kun) mobaynida yo‘lovchi tashish transporti faoliyatini tubdan o‘zgartirish yuzasidan, jumladan oylik yo‘l chiptalari bo‘yicha qimmatbaho sovrinlar berilishi kabi yuzaki o‘ylangan, chuqur tahlillarga asoslanmagan holda vazifalar bergan.
Vaholanki ushbu masalalarni har tomonlama o‘ylangan va har bir avtobus korxonasining ish faoliyatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan ish rejalari asosida tizimli va qat’iy belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlash mumkin, deyiladi tashkilot axborotida. — Buning isboti sifatida shahrimiz aholisi va mehmonlari tomonidan ularga yutuqli lotoreya o‘yinlari emas, balki birinchi galda sifatli, madaniyatli va bexatar transport xizmati ko‘rsatilishi kerakligi, ayniqsa, xaydovchi va chiptachilarning yo‘lovchilarga bo‘lgan munosabatlarining tubdan yaxshilanishi yuzasidan bildirayotgan e’tirozlarini ta’kidlash mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, Hosil Xolmatov tomonidan “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisining moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari M.Valievni egallab turgan vazifasidan ozod etish taklifi rahbariyat tomonidan rad etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin