Kecha, 21 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozoriga borgani haqida Qalampir nashri xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Bosh vazir bozor faoliyati bilan tanishib, narx-navo, ayniqsa, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining narxini ko‘zdan kechirgan. Bunga shu kunlarda kartoshka, piyoz kabi mahsulotlar va go‘shtning narxi oshib borishi, aholi o‘rtasida vahimalar, bozorlarda navbat kutishlar yuzaga kelayotgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Ayni paytda Toshkent bozorlarida piyozning 1 kg narxi o‘rtacha 2 ming so‘mni, kartoshkaning narxi esa 5 ming so‘mni tashkil etmoqda.
Shavkat Mirziyoyev viloyatlar bo‘ylab o‘tkazgan uchrashuvlarida kartoshkaning yangi navlarini ekish, aholini sifatli va arzon kartoshka mahsuloti bilan ta’minlash masalasini o‘rtaga tashlagan edi.
Hukumat rahbari ham “Chorsu” bozoriga tashrifi chog‘ida mumkin qadar kartoshka va piyozning narxini pasaytirishni buyurgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?