O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Lola Karimova-Tillaeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida onasi Tatyana Karimova bilan birgalikda Moskvaga tashrif buyurgani haqida ma’lum qildi.
«Hozirda ijodiy guruhimiz bilan Moskvadamiz. O‘tgan yilning noyabr oyida Islom Karimov nomi berilgan Moskva markazidagi xiyobon va haykalning loyihasini Moskva shahar boshqaruv organlariga taqdim etish uchun tashrif buyurdik.
Bu loyiha ustida ish olib borish biz uchun juda katta sharaf va mas’uliyatdir. Mazkur xiyobon shaharning chiroyli joylaridan biri bo‘lib qolishini istaymiz. Shu sababli ushbu loyiha ustida ish olib borishga Londonning chinakam bezagi bo‘lmish «Britaniya uchun jang» monumental inshooti, Qirolicha-ona haykali hamda Londonning Sent-Pankras stansiyasidagi «Uchrashuv joyi» bronza haykalini yaratgan mashhur angliyalik haykaltarosh Pol Deyni taklif etdik. Uning so‘nggi san’at asari «Iroq va Afg‘onistondagi urushlar» memorial yodgorligi 2017 yilning mart oyida Buyuk Britaniya Qirolichasi Elizaveta II tomonidan tantanali ochilgan.
Moskva shahridagi loyiha ustida ishlar ekanmiz, ushbu xiyobon ko‘p yillardan keyin ham moskvaliklar va turistlar uchun o‘z jozibasini saqlab qolishiga alohida urg‘u berdik.
Biz vaqtincha loyihamiz tafsilotlari haqida batafsil ma’lumot bermayapmiz, sababi, 2018 yilda loyihamiz amalga oshganidan keyingina, uni keng omma e’tiboriga havola etmoqchimiz.
Mazkur loyihada ishtirok etayotgan barcha insonlarga o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman», deb yozadi u. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi