Rossiyada ishlovchi qirg‘izistonlik mehnat migrantlari o‘z yurtlariga joriy yilning ilk uch oyi davomida rekord hajmdagi mablag‘ni yubordi. Respublika Milliy bankining statistik hisobotiga ko‘ra, gap 433 mln. dollar haqida bormoqda.
"Bu vaqt davomida 2016 yilning xuddi shu davri bilan taqqoslaganda pul o‘tkazmalari hajmi 67 foizga ortdi va 433 mln. dollarni tashkil qildi", - deyiladi hujjatda. Bir yil avval bu summa 291 mln. dollarga teng edi. Statistikaga ko‘ra, summa hattoki 2013 yilning yanvar-mart oylari ko‘rsatkichidan ham oshib ketgan, o‘shanda migrantlar uch oy ichida 411 mln. dollar mablag‘ o‘tkazgandi.
Umuman hisobda, Qirg‘izistondan bo‘lgan mehnat migrantlari so‘nggi 12 yil davomida o‘z yurtlariga 16,4 mlrd. dollarlik pul o‘tkazmalarini yuborgan. Bu summaning taxminan 95 foizi respublikaning Rossiyada ishlovchi fuqarolari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Qirg‘iziston hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada ayni damda ushbu davlatning 500 mingdan 1 mln.ga yaqin fuqarosi ishlamoqda.
Avvalroq 2016 yilda jismoniy shaxslar tomonidan Rossiyadan O‘zbekistonga kredit tashkilotlari, jumladan to‘lov tizimlari orqali yuborilgan umumiy pullar miqdori 2,741 mlrd dollarni tashkil qilgani haqida xabar bergandik.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi