Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhida videoxabar qoldirildi. Unda ayol o‘zini mashina tagiga tashlashga uringani tasvirlangan.
Xabarda yozilishicha, kichik halqa yo‘lining Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishmasi yaqinida bir ayol o‘zini mashina tagiga tashlashga uringan. Yo‘lga yugurib chiqqan ayolni urib yuborishiga bir baxya qolgan avtomobilda o‘rnatilgan videoregistrator voqeani tasvirga olgan.
Avtomobil tezligi yuqori bo‘lmagani tufayli haydovchi vaqtida to‘xtagan va fojianing oldi olingan.
Videoda yo‘lga yugurib chiqqan ayol asabiy holatda ekani va haydovchiga qarata «Bo‘l!», deya baqirganini ko‘rish mumkin. Shundan so‘ng ayol qo‘shni polosaga o‘tib ketgan.
Qayd etish kerakki, bu hafta ichida shunday holat ikkinchi marta yuz berishidir.
21 may kuni Amir Temur ko‘chasining Toshkent teleminorasi yaqinidan o‘tgan qismida bir ayol o‘zini mashina ostiga tashlashga uringani aks etgan videoyozuv tarqalgandi.
Unda shaxsi noaniqligicha qolgan piyoda g‘arazli maqsadda yaqinlashib kelayotgan avtomobil yo‘liga yotib olgani yaqqol ko‘rinadi. Haydovchi epchillik qilib avtomobilni to‘xtatgan. Buni ko‘rgan piyoda hech narsa bo‘lmagandek, joyidan turgan va yo‘l chetiga chiqib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?