23:33 / 28.05.2017
8 933

Sovg‘a haqiqiymikan?.. yoxud «Mo‘’jizalar maydoni» shousidagi aldovlar va ko‘zbo‘yamachiliklar…

Sovg‘a haqiqiymikan?.. yoxud «Mo‘’jizalar maydoni» shousidagi aldovlar va ko‘zbo‘yamachiliklar…
Ma’lumigizkim, necha o‘nlab yillardan beri Rossiyaning Birinchi kanali orqali «Mo‘’jizalar maydoni» teleshousi namoyish etib kelinadi. Boshlovchi hammaga ma’lum va mashhur Leonid Yakubovich. Shou hozirgi kunda ham o‘zining millionlab muxlislariga ega. Afsuski, shu kunga qadar haqiqiy shoularning yagonasi deb hisoblangan «Mo‘’jizalar maydoni»da ham g‘ij-g‘ij yolg‘on yashirin ekan…

Agar kuzatgan bo‘lsangiz, shou davomida ishtirokchilar uyidan olib kelgan sovg‘alar, jumladan, dudlangan baliq, ichimliklar, tuzlamalar va hokazolarni shaxsan Yakubovichning qo‘liga sovg‘a sifatida topshirishadi. Aslida esa ular sovg‘alarni uydan olib kelishmas ekan. Barchasini teleshou prodyuserlari Moskvaning o‘zida sotib olib ishtirokchining qo‘liga topshirisharkan. Shubhasiz, bu ham yanada ko‘proq muxlis orttirish, ko‘rsatuvning haqqoniyligiga odamlarni ishontirishga urinishdan bo‘lak narsa emas.

Masalan, shou ishtirokchilaridan biri Mixail Mayer shunday deydi:
— Men studiyaga suratga olish jarayonida ishtirok etish uchun kelgach, prodyuserlar o‘zlari oldindan sotib olib saqlab qo‘ygan sovg‘alarni Yakubovichga topshirishim, buni yurtimdan olib kelganim haqida aytishimni talab qilishgan. Qolaversa, meni lo‘li deb tanishtirishgan va ularning talabiga ko‘ra, lo‘li kiyimida chiqib, begona manzilni ona yurtim deb atashga majbur bo‘lganman. «Sen tomoshabinlarga Irkutskdan keldim deb aytasan, — deyishgan o‘shanda. — Mana sen go‘yo Irkutskdan olib kelgan qo‘ziqorin, o‘rmon mevalari. Bularni hammaning ko‘z o‘ngida Yakubovichga sovg‘a sifatida taqdim etasan…»

Mayli, nimayam qilardim. Ko‘rsatuvda ishtirok etdim, barabanni aylantirdim, ikkita harfni to‘g‘ri topdim. Menga pleer sovg‘a qilishdi-yu, dumimni tugishdi. Axir, men asli Chuna shahridanman. Shu shaharda o‘n yildan beri istiqomat qilaman. Kutilganidek, yurtimga kelgach, shouda hammaga vatanim Irkutsk deb aytganim uchun rosa tanbeh berishgan…

Yaroslavlda yashovchi Ivan Koptev ismli yigit ham shou haqida o‘z haqiqatlarini bayon etdi.
— Shou davomida masalan, Zina xola qaynoq karam sho‘rva pishirib kelib Yakubovichni siylaydi. Aslida Zina xola bu sho‘rvani tushida ham ko‘rmagan. Operatorlar uyida pishirtirib kelib Zina xolaning qo‘liga topshirishgan.
Shaxsan mening o‘zim ishtirokchi sifatida ona yurtim Yaroslavldan quritilgan non bo‘laklari (suxariki) hamda Vasiliy Baxarev degan havaskor rassomning kartinasini olib kelgandim. Ularni tortib olishdi-yu, qo‘limga turma mahbuslari kiyadigan fufaykani tutqazishdi. Yakubovichga shu kiyimni sovg‘a qilishga majbur bo‘ldim…

Qiziq, bu bilan tashkilotchilar, ijodiy guruh nimaga erishadi? Nahotki, yolg‘on baribir bir kun oshkor bo‘lishini hisobga olishmasa?..
Ayni kunda ham tomoshabinlarning ko‘pchiligi hatto studiya ishtirokchilarga chiqishi yakunida taqdim etiladigan turli sovg‘alar haqiqiymi, yo ishtirokchining o‘zini o‘zi uchun sovg‘a sotib olishga majbur etishganmikan?, degan shubha ostida yashashmoqda. Ishqilib, har kimning o‘ziga insof bersin!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sovg‘a haqiqiymikan?.. yoxud «Mo‘’jizalar maydoni» shousidagi aldovlar va ko‘zbo‘yamachiliklar…