07:10 / 30.05.2017
9 838

Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi kutilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududda olib borilayotgan islohotlar va yangilanishlar bilan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Ishonchli manbalarimizning xabar berishicha, Prezidentning tashrifi 1-2 iyun kunlariga mo‘ljallangan. Alohida qayd etish kerak, Shavkat Mirziyoyev vodiyga prezidentlikka saylanganidan buyon hali bormagan edi.

Andijonda Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan. Tashrif davomida viloyatdagi fermer xo‘jaliklari, yengil-sanoat korxonalarida bo‘lish, yangi bunyodkorlik ishlari bilan tanishish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidentining virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlarning aksar qismini andijonliklar tashkil qiladi. Qolaversa, u erda yaqinda muzqaymoqdan ommaviy zaharlanish kuzatildi.

Bundan tashqari, saytimiz orqali Andijon viloyatida ommaviy mehnatga jalb etilayotgan o‘qituvchilar va tibbiyot muassasalari xodimlarining murojaatlari haqida ham maqola bergandik.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi kutilmoqda