
Ma’lumki, Rossiyada yashab faoliyat yuritayotgan yurtdoshimiz, milliarder Alisher Usmonov muxolifatchi Aleksey Navalniy ustidan sudga shikoyat arizasi taqdim etgandi. Bunga qadar videomurojaat tashkil etib, unda Navalniyni insofga chaqirgan, aslida Alisher Usmonov kim, nima bilan shug‘ullanadi, qanday dunyoqarashga ega, qanday xayrli ishlarni amalga oshirgan va oshirmoqda, xullas, shu masalada gapirib, muxolifatchini yolg‘on axborot tarqatmaslikka chaqirgandi.
Eslatib o‘tamiz, Navalniy Alisher Usmonovni hukumat rahbarlariga pora berganlik, korurupsiya jinoyatlari sodir etganlikda ayblagan, bundan tashqari shaxsini qattiq haqoratlagandi.
Sud Alisher Usmonovning shikoyat arizasini atroflicha o‘rganib chiqib, Navalniy tarqatgan gap-so‘zlar, ayblovlarni noqonuniy hamda asossiz deb tan olish haqida hukm e’lon qildi. Jumladan, Navalniyni bundan keyin asossiz ayblovlar tarqatmaslik haqida jiddiy ogohlantirdi.
Rossiya huquqni muhofaza qilish tashkilotlari, guvohlarning gapiga qaraganda, Usmonov sudda Navalniydan bir tiyin ham pul talab qilmagan. Faqat ortiqcha bo‘lar-bo‘lmas gaplarni gapirmaslikka chaqirib qo‘yishlarini so‘ragan, xolos.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar