date
views 7 162

Olimlar tuzning organizm uchun qanday xavf tug‘dirishini ma’lum qilishdi

Olimlar tuzning organizm uchun qanday xavf tug‘dirishini ma’lum qilishdi
Amerikalik tadqiqotchilarning ma’lum qilishicha, tuzni oziq-ovqat mahsulotlari bilan haddan ziyod ko‘p iste’mol qilish qator kasalliklar va hatto erta o‘lim holatiga ham olib kelishi mumkin. Bu haqida "Kun" nashrida ma’lum qilindi.

Tuz ayniqsa insonning yurak-qon tomir tizimi uchun xavflidir.

Ba’zi tashkilotlar qadoqlarda tuzning miqdori va unga bo‘lgan sutkalik ehtiyoj foizi aniq ko‘rsatilishi uchun oziq-ovqat gigantlari bilan faol kurash olib borishadi. Hozircha kamdan-kam ishlab chiqaruvchilar bunday shartlarga ko‘nishadi - bular asosan eko-mahsulot ishlab chiqaruvchi kompaniyalardir.

Ta’kidlash joizki, tuzga bo‘lgan sutkalik ehtiyoj 5 grammni tashkil qiladi. Biroq bu normaga hamma ham rioya qilavermaydi. Kolbasa, pishloq, non, pechenelar - hammasida tuz bor. Olimlarning fikricha, fast-fud mahsulotlaridan voz kechish tuz iste’molini me’yorga keltiradi.

Tuz miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlardan voz kechilsa, yurak-qon tomir tizimi kasalliklaridan o‘lim holatini 18 foizga kamaytirish imkonini beradi. Ta’kidlash joizki, natriy xloriddan to‘liq voz kechish ham maqsadga muvofiq emas.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar tuzning organizm uchun qanday xavf tug‘dirishini ma’lum qilishdi