Ma’lum bo‘lishicha, Shukriya Rad Olimiy intervyu berish va o‘z suratlari bilan bo‘lishishni unchalik yoqtirmas ekan. Bu ancha tushunarsiz, sababi ayol uzoq vaqt davomida dunyoning eng etakchi nashrlaridan birida jurnalist bo‘lib ishlagan.
Shukriya Kobulda tug‘ilgan. Otasi – Said Mir Olimxonning vafotidan so‘ng, oddiy afg‘on qizi kabi hayot kechirgan. 1966 yilda Kobul universitetining jurnalistika fakultetini tamomlab, radiojurnalist kasbini egallagan, Afg‘oniston poytaxtidagi radiostansiyalardan birida suxandon bo‘lib ishlagan. Germaniya, Hindiston, Avstraliyadagi ayollar va bolalar dasturlarida ijodkor sifatida mehnat qilgan. 1979 yilda Germaniya, keyinchalik Pokistonga, shundan so‘ng AQShga ko‘chib o‘tgan. 1982 yildan boshlab «Amerika ovozi» radiostansiyasida, doriy tilida efirga chiquvchi studiyada, 35 yil davomida ishlagan. Ayni damda Vashington yaqinida istiqomat qiladi.
Shukriya Raad Olimiy 2002 yilda bergan intervyusida shunday degan: «Men har doim hamkasblarimga, mikrofon oldida o‘tirganingda, xuddi tuqqan onang bilan gaplashayotgandek o‘zingni his et, deyman. Sababi tinglovchiga chuqur muhabbat va hurmat bo‘lishi kerak. Hattoki siz jilmayganingizda ham, kishilar sizni ko‘rishi va tinglashi mumkin».
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi