10:31 / 02.06.2017
5 413

Qunduzni suratga tushirish uchun naq 4 yil daryoda kutdi

Qunduzni suratga tushirish uchun naq 4 yil daryoda kutdi
bioGraphic jurnalida terak shoxini tishlab olgancha Luare daryosi (Fransiya) tubida suzayotgan Evroosiyo qunduzining rasmi chop etildi.

Qunduzlarning rasmi ko‘p, ammo Lui-Mari Prea olgan ushbu rasm eng g‘ayrioddiysidir. Fotograf bu rasmni olish uchun to‘rt yil davomida har oqshom ikki-uch soat vaqtini daryo tubida o‘tkazgan. Nihoyat fotografning omadi yurishdi: kunlarning birida terak shoxini uch bolasiga olib ketayotgan qunduzni ko‘rib qoldi.

Evroosiyo qunduzlarini tartibsiz ovlash oqibatida XX asrning boshiga kelib ularning soni 1200 taga tushib qolgan edi. Bu jonivorlarni asrab qolish uchun amalga oshirilgan choralar tufayli ularning sonini ko‘paytirishga muvaffaq bo‘lindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qunduzni suratga tushirish uchun naq 4 yil daryoda kutdi