
Ayolning jindan iltimosi
Bir ayol Alouddinning sehrli chirog‘ini topib olib, uni ishqalagan ekan ichidan jin chiqib: «Amringizga muntazirman!» — debdi.
Ayol jinga buyruq berib: «Shunday qilginki, men erimning ko‘z quvonchi bo‘lay: ertalab turganda birinchi bo‘lib menga qarasin, uxlashdan oldin oxirgi ko‘rgani ham men bo‘lay, meni o‘ylab kechalari uxlolmay chiqsin, xayoli faqat menda bo‘lsin», — debdi. Bu gaplarni eshitgan jin ayolni samsung telefoniga aylantirib, unga telegramm o‘rnatib qo‘yibdi.
***
Toshbaqaning uyi yonsa…
Toshbaqa barga kirib zo‘rg‘a barmen stoliga yaqinlashib:
— Barmen bir stakan suv ber, — debdi.
Barmen suvni bersa, olib bardan chiqib ketibdi.
Ertasiga yana kirib, bir stakan suv olib chiqib ketibdi. Uchinchi kuni kirib yana bir stakan suvni olib chiqib ketayotgan ekan barmen qiziqib so‘rabdi:
—Nega doim suvni ichmasdan olib chiqib ketyapsan?
Toshbaqa:
—Hozir tushuntirishga vaqt yo‘q, uyim yonmoqda, – debdi.
***
Besh yashar qizchaning turmush haqidagi tushunchasi
Besh yashar bolakay tengdosh qizchadan so‘radi:
— Katta bo‘lgach, menga turmushga chiqasanmi?
— Yo‘q.
— Nega?
— Bizning oiladagilar faqat o‘z yaqinlari bilan turmush qurishadi. Masalan, bobom momomga, dadam oyimga, tog‘am yangamga uylanishgan!
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar