Toshkent shahar IIBB kollejdoshlari tomonidan kaltaklanganidan so‘ng hayotdan ko‘z yumgan Jasurbek Ibrohimov ishi yuzasidan rasmiy axborot berdi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
«2017 yil 3 may kuni taxminan soat 14:00 larda Yashnobod tumani hududidagi 145-maktab oldida Jasurbek Maxamad o‘g‘li Ibragimovga nisbatan og‘ir tan jarohatlari etkazilganligi holati yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast etkazish) alomatlari bilan 1999 yilda tug‘ilgan Islombek Abdujamilovich Tulaganovga nisbatan mavjud bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», — deyilgan xabarnomada.
Hozirda boshqa shaxslarning mazkur jinoyatga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Tergov harakatlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi Borovskiy nomidagi kollejning 2-kursida ta’lim oluvchi Jasurbek Ibrohimov 1 iyun kuni kasalxonada vafot etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u 3 may kuni kollejdoshlari tomonidan qattiq kaltaklangan, shundan so‘ng kasalxonaga tushgan.
Shifokorlar jabrlanuvchini besh marta operasiya qilgan, biroq uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.
Ayni vaqtda kaltaklagan bezorilarni jazolashni so‘rab petisiya boshlangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi