2017 yilning 4 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Bosh vaziri Tereza Meyga London shahridagi terrorchilik hujumi oqibatida insonlarning qurbon bo‘lgani munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etdi, deb yozadi Kun.uz sayti.
«Biz hech qanaqasiga oqlab bo‘lmaydigan bunday g‘ayriinsoniy va shafqatsiz harakatni qattiq qoralaymiz hamda xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda mazkur jiddiy tahdidga qarshi murosasiz kurashni davom ettirishga tayyormiz», - deyilgan O‘zbekiston prezidentining hamdardlik maktubida.
Davlat rahbari «halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik va dalda so‘zlarini etkazib qo‘yishni so‘radi hamda jarohat olganlarga tez fursatlarda sog‘ayib ketishlarini tiladi».
4 iyunga o‘tar kechasi London ko‘prigida avtofurgon piyodalar ustiga yurishi, keyin uning ichidagi shaxslar chiqib, odamlarga pichoq bilan hamla qilishi oqibatida 7 kishi halok bo‘lib, 48 kishi jarohatlandi. Britaniya hukumati hodisani terakt deb atadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi