20:13 / 05.06.2017
7 331

Mirziyoyev diniy oqimlarga qo‘shilib qolgan "ashaddiylar"ni fuqarolikdan chiqarmoqchi

Mirziyoyev diniy oqimlarga qo‘shilib qolgan "ashaddiylar"ni fuqarolikdan chiqarmoqchi
Shavkat Mirziyoyev radikal diniy guruhlarga va oqimlarga qo‘shilib qolgan shaxslarni O‘zbekiston vatandoshligidan chiqarishni taklif qildi. U bu haqda 3 iyun kuni Andijon viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda aytib o‘tdi.

"Agar beshta mahallada 20–30 nafar kishi adashgan bo‘lsa, misol uchun, hisob-kitobi bor. Yigirmatadan beshtasi ashaddiy, ular qaytmaydi. Ular bilan shug‘ullanish kerak emas, O‘zbekiston fuqaroligidan chiqarish kerak. Bizga kerak emas. Men ularni fuqarolikdan chiqarishga tayyorman", - deb aytdi u.

Mirziyoyev o‘z nutqi davomida imomlarni va rasmiylarii “ashaddiylarni O‘zbekiston fuqaroligidan chiqarish uchun taklif berish”ga chaqirdi.

Prezident, shuningdek, turli diniy oqimlarga qo‘shilib qolib “yo‘ldan adashgan”, ammo “ashaddiy” bo‘lmagan odamlarni bu yo‘ldan qaytarish uchun jamoatchilik harakat qilishi shartligini ham ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirziyoyev diniy oqimlarga qo‘shilib qolgan "ashaddiylar"ni fuqarolikdan chiqarmoqchi