
Joriy yilning 8-9 iyun kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari ham ishtirok etadi, deb yozadi “Qalampir.uz” sayti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ana shu sammitda ishtirok etish uchun qo‘shni mamlakatga tashrif uyushtirishi kutilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Qozog‘iston Respublikasining ShHTga raisligi doirasida hamda joriy yil 8-9 iyun kunlari Ostona shahrida Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishini muvaffaqiyatli o‘tkazish bo‘yicha uning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 22-23 mart kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘lgan edi.
Keyinroq, 29 aprel kuni esa amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘lgan va Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar