10 581
Borovskiy kolleji ma’muriyati: Talabalarning mushtlashuvi kollej hududida ro‘y bermagan
P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji ma’muriyati o‘z talabasi marhum Jasurbek Ibrohimov bilan yuz bergan noxush hodisa yuzasidan munosabat bildirdi, deb yozadi Hordiq.uz sayti.
Unda mazkur hodisa kollej hududida ro‘y bermagani, kollejda 120 ta kuzatuv kameralari o‘rnatilgani, kollejga kiraverishda ogohlantiruv tugmasi o‘rnatilgani, uni bosganda 3-4 nafar IIB xodimlaridan iborat milisiya patruli 15 daqiqa ichida etib kelishi, bundan tashqari, kollejda maxsus qo‘riqlash xizmati borligi qayd etilgan.
“2017 yil 3 may kuni soat taxminan 14:15 — 14:30larda kollej hududidan tashqarida talabalar — Jasur Ibrohimov hamda Islom To‘laganov o‘rtasida mushtlashuv bo‘lgan, bunga J. Ibrohimovning 4 nafar do‘sti guvoh bo‘lgan.
Marhum Jasurning do‘stlari guvohlik berishicha, guruh bo‘lib mushtlashuv bo‘lmagan va hodisadan so‘ng Jasur mustaqil holda taksiga o‘tirib ketgan.
Marhumning onasi so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li unga soat 17:40larda qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini yomon his qilayotganini aytgan”, deb yozadi kollej ma’muriyati.
Ta’kidlanishicha, hodisa yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan fikrlarni kollej ma’muriyati kuzatib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin