14:01 / 06.06.2017
7 582

«Malika» savdo markazida Iphone 7’ni kafel bo‘lakchasi bilan almashtirib qo‘yishdi

«Malika» savdo markazida Iphone 7’ni kafel bo‘lakchasi bilan almashtirib qo‘yishdi
Joriy yilning 28 may kuni 1989 yilda tug‘ilgan Toshkentlik fuqaro “Fleshka” savdo markazida iPhone 7’ni o‘g‘irladi. Qurilmaning o‘rniga esa fuqaro kafel bo‘lakchasini joylashtirib qo‘ygan, deb yozadi Hordiq.uz sayti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘ri yangi telefonni shunchaki ko‘rish bahonasi bilan olgan va qurilmaning o‘rniga qutiga kafel bo‘lakchasini joylashtirgan. Kafel bo‘lakchasining hajmi va og‘irligi telefonnikiga o‘xshash bo‘lgan.

Shundan so‘ng, firibgar do‘konni tark etgan va o‘g‘irlangan qurilmani qo‘shni do‘konda 500 AQSh dollariga pullagan. O‘g‘ri pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Ushbu masala bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ayni vaqtda tergov ishlari olib borilmoqda

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Malika» savdo markazida Iphone 7’ni kafel bo‘lakchasi bilan almashtirib qo‘yishdi