18:27 / 07.06.2017
7 761

O‘zbekistonning 36 oliy ta’lim muassasida 114 ta yangi yo‘nalish ochiladi

O‘zbekistonning 36 oliy ta’lim muassasida 114 ta yangi yo‘nalish ochiladi
7 iyun kuni Xalqaro Press-klubda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va 2017-2018 o‘quv yili uchun abiturientlar qabuliga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.

"Kun.uz" xodimining ta’kidlashicha, anjumanda 2017-2018 o‘quv yilida bakalavrga - 66 316, magistratura bosqichiga 5000 o‘rin ajratilgani qayd etildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 10 000 ga ko‘p demakdir.

2016 yilda taxminan 663 000 kishi OTMlarga hujjat topshirgan bo‘lsa, joriy yilda abiturientlar soni 700 000 dan ziyod bo‘lishi kutilmoqda. OTM talabalari sonini ko‘paytirish - etuk ma’naviy va intellektual salohiyat hamda mustaqil fikrga ega qilib tarbiyalash orqali davlat yoshlar siyosatini amalga oshirishda yordam beradi.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda 36 ta OTMda 114 ta qo‘shimcha yo‘nalish ochiladi, bulardan 20 tasi mutlaqo yangi yo‘nalishlardir. Shuningdek maqsadli qabullarni amalga oshirish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi.

2017-2018 o‘quv yilida OTMlarda imtihon topshirish uchun 795 000 ga yaqin o‘rin tayyorlandi. Bundan tashqari, 17 aprel - 30 may oralig‘ida maxsus seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Iyul oyi boshida ham shunday mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonning 36 oliy ta’lim muassasida 114 ta yangi yo‘nalish ochiladi