date
views 10 802

Andijon viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i ishdan ketdi

Andijon viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i ishdan ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga amalga oshirgan tashrifidan so‘ng viloyatda yana bir o‘zgarish bo‘ldi.

Andijon viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajarib kelayotgan Ismoil Mirzaev vazifasidan ozod etilgan, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Boshqarmaga Xalq ta’limi vazirligida faoliyat yuritgan Ravshanbek Ergashev rahbar etib tayinlangan. Bu haqda ishonchli manbalarimiz saytimizga xabar berdi.

Sal avvalroq Madamin Madazimov Andijon tibbiyot institutning yangi rektori etib tayinlangani ma’lum qilingandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijon viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i ishdan ketdi