13:49 / 08.06.2017
6 941

Toshkent viloyatining 4 ta tumanida suv toshishi mumkin

Toshkent viloyatining 4 ta tumanida suv toshishi mumkin
“O‘zgidromet” markazidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ob-havo haroratining keskin ko‘tarilishi natijasida, Toshkent viloyatining yuqori tog‘li hududlaridagi mavjud qor qatlamlarining jadal erishi tufayli Chirchiq daryosining suvi ko‘payib, daryo qirg‘oqlarini emirilishiga olib kelishi aniqlandi.

Hozirda mutaxassislar tomonidan Chirchiq daryosining jami 11 ta uchastkasida (Yuqorichirchiq – 4 ta, Qibray – 2 ta, Quyichirchiq – 3 ta va Yangiyo‘l – 2 ta) qirg‘oqlarning emirish holatlari hamda suv bosish xavfi yuqoriligi ta’kidlanmoqda. Mazkur hududda jami 254 ta xo‘jalik (1615 nafar fuqaro), 23 ta dala hovlilar va 80 gektar ekin er maydonlari mavjud.

Suv bosishi mumkin bo‘lgan hududlarning oldini olish, kelgusida aholini va ekin er maydonlarini sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan suv toshqini bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida kechiktirib bo‘lmaydigan muhandislik-texnik va boshqa himoya ishlarni amalga oshirish maqsadida, Chirchiq daryosining qirg‘oqlarida 7 iyun holatiga jami bo‘lib, 3230 m kub xarsang tosh, 480 m kub beton, 1760 m kub tosh-shag‘al ishlari bajarildi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida, Toshkent viloyati hokimligida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari, tegishli vazirlik va idora vakillaridan iborat tezkor shtab tashkil etilgan.

Chirchiq daryosi yaqinidagi hududlarda mavsum davomida suv sathining ko‘tarilishi natijasida qirg‘oq yaqinidagi binolarning zarar ko‘rishi hamda insonlar hayotiga xavf tug‘dirishi mumkinligini inobatga olgan holda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Chirchiq daryosi qirg‘oq muhofaza zonasida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni so‘radi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatining 4 ta tumanida suv toshishi mumkin