
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” joriy etilganidan boshlab hozirgi kunga qadar sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan yilga qaraganda 6,7 foizga kamayishiga erishildi. Jinoyatning og‘ir turlaridan qotillik 19,1 foizga, bosqinchilik 13,0 foizga, bezorilik 34,7 foizga va tan jarohati etkazish 11,2 foizga kamaydi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.
Shuningdek, o‘tkazilgan tadbirlar davomida profilaktika inspektorlari tomonidan bir qator fohishaxona saqlash holatlari aniqlangan.
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida yashovchi B.Ikromovning (ism-shariflari o‘zgartirilgan) xonadoni tekshirilganida, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida yashovchi S.Saidov va namanganlik R.Amirbekovalarga 20.000 so‘m evaziga, jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergani aniqlanib, guvohlar ishtirokida qonuniy chora ko‘rish uchun hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Xuddi shunday holatlardan biri Bektemir tumanida ham aniqlangan. Farg‘onalik Sh.Farmonova (ism-shariflari o‘zgartirilgan) Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi ko‘prik ostida Samarqand viloyatida yashovchi X.Oripova va Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi R.Avazovlarni 50.000 so‘m pul evaziga jinsiy aloqa qilishlari uchun qo‘shmachilik qilayotgani aniqlanib, guvohlar ishtirokida qonuniy chora ko‘rish uchun hujjatlar rasmiylashtirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar