2017 yilning 11 iyun kuni taxminan soat 02:30 larda muqaddam sudlangan Doniyar Shuxriddinovich Xaitbaev o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Bektemir tumani hududida fuqaro Botir To‘raevning «ZIL-131» rusumli avtoulovi salonidan bahosi 75.000 so‘mlik «Nokia-1280» rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtda, ushbu hududda tungi xizmatni olib borayotgan Bektemir tumani IIB xodimlari tomonidan daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan, deb xabar berdi Poytaxt IIBB matbuot xizmati.
Xaitbaevga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismi xar qanday o‘xshashligi tasodifiy harakterga ega. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi