14:09 / 13.06.2017
6 590

Suv ta’minotiga billing tizimi joriy etiladi

Suv ta’minotiga billing tizimi joriy etiladi
Joriy yilning uchinchi choragi oxiriga qadar «Kommunxizmat» agentligi tomonidan mintaqalararo suv quvurlari boshqarmalarida billing tizimi ishga tushiriladi.

Ushbu yangi avtomatlashtirilgan tizim iste’molchilarga doir ma’lumotlar bazasini shakllantirishni takomillashtirish, ma’lumotlarga ishlov berish tezligini oshirish va pul mablag‘larining o‘z vaqtida tushishi imkonini beradi. Natijada iste’molchilar real vaqt rejimida to‘lovni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi. Bu haqida kecha Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Billing – ko‘rsatilgan xizmatlarning avtomatlashtirilgan hisob-kitobini yuritish tizimi bo‘lib, ularni tarifikasiya qilish va to‘lovlarni amalga oshirish, ko‘rsatilgan xizmatlar hisobvaraqasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Xabarlarga ko‘ra, hozirda billing tizimiga Toshkent shahri, Toshkent va Xorazm viloyatlari ulangan. 1 iyulga qadar Surxondaryo viloyati qo‘shiladi, yil so‘ngigacha esa qolgan barcha hududlar kiritilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Suv ta’minotiga billing tizimi joriy etiladi