15:55 / 14.06.2017
9 509

Giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlash aniqlandi

Giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlash aniqlandi
2017 yilning 12 iyun kuni taxminan soat 14:30larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan, Bektemir tumanidagi YPX maskanida, «Lasetti» rusumli avtoulov ko‘zdan kechirilganda, avtomashina egasi Raimjon Zikrillaevich Djalilov yonida og‘irligi 2,1 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda «Toshkent shahar IIBB» matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlash aniqlandi