O‘tgan asrda mashhur olimlar Jeyms Uotson va Frensis Krik Nobel mukofotini “Nuklein kislotalarining molekulyar tuzilmasi va ularning jonli tizimlarda ma’lumot uzatishdagi ahamiyatiga oid ixtiro” uchun olishgandi. O‘shanda bu tuzilmalarni DNK deb nomlashdi, biroq DNKni rasshifrovka qilish (asl ma’nosini ochish) uchun nukleotidlar ketma-ketligini ularning funksiyalarini aniqlash maqsadida tahlil qilish kerak bo‘ldi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Uzoq vaqt davomida DNK molekulasining katta qismida hech qanday funksiya yo‘q, deb hisoblab kelingan. Bu boradagi ilk tadqiqotlar 2003 yilda boshlandi, hamda o‘shanda mutaxassislar e’tibori oqsillar ishlab chiqarishga mas’ul bo‘lgan 2 foiz genomga qaratildi, xolos. Shundan so‘ng uslub qayta ko‘rib chiqildi va olimlar inson DNKsining burama chizig‘ini chuqur o‘rgana boshlashdi. Biroq sayyoraning turli davlatlaridan bo‘lgan taxminan 400 ekspert “DNK unsurlarining ensiklopediyasi”ni yaratish ustida ishlashdi. Ishlar davomida aniqlanishicha, DNKning avval noma’lum bo‘lgan qismi o‘ziga xos “hujayralar uchun yo‘riqnoma”ga javob bergan, ular oqsil-kimyoviy birikmalar va ularning sintezlanishiga ixtisoslashgan. Ayni damga qadar mutaxassislar DNKning 80 foizdan ortig‘ini o‘rganib chiqishdi va olingan ma’lumotlar asosida inson genlar xaritasini tuzib chiqishdi.
Bunday keng ko‘lamli ish natijalari qator ilmiy jurnallarda e’lon qilindi, ishning o‘zi esa bir-biri bilan bog‘langan 30 ta materialni qamrab oladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»