
Butunjahon iqtisodiy forumi 2017 yilda iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan mamlakatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston ikkinchi o‘rinni egallamoqda.
Ro‘yxat Butunjahon bankining “Global iqtisodiy istiqbollar” hisobotlariga muvofiq tuzilgan.
“O‘zbekistonning Yalpi ichki mahsuloti o‘sishi 7,6 foizni tashkil qilib, iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan mamlakatlar orasida ikkinchi o‘rinni band etdi. Bunga neft narxi oshishi, yaxshi global moliyaviy sharoitlar, Evropa hududida barqaror o‘sishi va umuman, mintaqadagi yirik davlatlar bilan hukumatlararo qulay siyosati tufayli erishmoqda”, deyiladi nashr xabarida.
Iqtisodiy rivojlanish borasida O‘zbekiston Efiopiyadan biroz ortda qolmoqda Efiopiyaning YaIM o‘sishi joriy yilda 8,3 foizni tashkil etgan.
Manba: Qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar