Xalqaro Press-klubda "O‘zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda istiqboldagi rejalar va yangi loyihalar bilan bir qatorda sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga ham to‘xtalib o‘tildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
"So‘nggi yillarda gaz sohasini loyihalashtirish ishlari o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Hech kim unga egalik qilmagan. Deylik, quvurlar bor, lekin loyihalar tizimi bo‘yicha hech kim hisob-kitob qilmagan. Hamma o‘z bilganicha ulanib olgan. Umumiy bir quvur yo‘q, e’tibor bergan bo‘lsangiz. Shu tariqa O‘zbekistonda gaz tizimi "o‘lgan". Natijada chekka hududlarning gaz bilan ta’minlanishi izdan chiqqan", - deydi "O‘zbekneftgaz" MXK boshqaruv raisi Alisher Sultonov.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda gaz bormaydigan hududlar o‘rganilib, ularga gaz ballonlari, suyultirilgan gaz etkazib berilmoqda.
Alisher Sultonov avval gaz bilan ta’minlangan, so‘nggi yillarda esa ta’minot darajasi past bo‘lgan hudularga gazni qaytarish masalasiga ham to‘xtalib, bunday hududlarga davlat dasturi asosida ko‘mir va suyultirilgan gaz etkazib berish choralari ko‘rilayotganini ta’kidladi.
"O‘zbekneftgaz" rahbari kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani, yangi loyihalar yo‘lga qo‘yilayotgani va 2024 yilning to‘rtinchi choragiga qadar bu borada aniq, katta natijalarga erishilishini qayd etdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi