O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumaniga tashrifi chog‘ida tumandagi sobiq “Signal” zavodi tarkibida tashkil etiladigan texnopark loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda “O‘zA”ga tayanib “Qalampir.uz” xabar berdi.
Umumiy maydoni 5,1 gektar bo‘lgan mazkur hududda bugun keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Hududda bino va inshootlar, kommunikasiya tarmoqlari mavjud bo‘lib, turli loyihalar bo‘yicha ishlab chiqarish uskunalarini o‘rnatish, pardozlash va ishga tushirish muddati 2018 yilning birinchi choragiga belgilangan.
Bu erda ish boshlaydigan kichik korxonalarda plastmassa mahsulotlari, energiyatejamkor lampalar, transformator podstansiyalari, tikuv va trikotaj mahsulotlari, zamonaviy mebel kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi. 17 korxonada 400 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan Uchtepa tumanida 2017 yilda moliyalashtiriladigan loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘zining istiqbolli yo‘nalishlari bilan ajralib turdi. Tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, qurilish materiallari, kimyo sanoati, mebel, farmasevtika, charm-poyabzal kabi yo‘nalishlardagi 70 ga yaqin loyihada 1000 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi. “Yurxas” MChJ tomonidan sifatli va jahon andozalari darajasidagi gazlama va matolarni bo‘yash sexi ishga tushiriladi. 2017 yilning uchinchi choragida foydalanishga topshiriladigan korxonada 60 ish o‘rni yaratiladi.
“Baykal-KMU” MChJ ham joriy yil yakuniga qadar o‘z faoliyatini boshlaydi. Er unumdorligini oshirish uchun “Baykal EM-1” mikrobiologik o‘g‘itlari ishlab chiqaradigan korxona mahsulotlarini Turkiya, BAA, Hindiston va Pokistonga eksport qilishi kutilmoqda. “Avikon tex”, “Urologic complex” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida aholi salomatligini mustahkamlash, turli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi.
“Ipoteka-bank” ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihada mebel sanoati uchun dekor qog‘ozlar ishlab chiqariladi. Xitoy va Turkiyadan zamonaviy uskunalar olib kelib o‘rnatiladigan korxona 2018 yilda ishga tushiriladi. Bundan tashqari, bank ishtirokida 1 ming 200 tonna baliq mahsulotlarini qayta ishlash yo‘lga qo‘yiladi.
Yiliga 148 tonna quvur va 400 ming dona fiting ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Art Dekor Group” MChJda 60 kishining bandligi ta’minlanadi.
Davlat rahbari mahsulot ishlab chiqarishdan oldin unga bozor topish zarurligini alohida ta’kidladi.
Prezidentga 2017 yilda Uchtepa tumanining sanoat va xizmatlar sohasini rivojlantirish yo‘nalishidagi investisiya loyihalari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Ma’lumotlarda soha yo‘nalishlari, xizmatlar turi, yaratiladigan ish o‘rinlari, ajratiladigan mablag‘lar miqdori, ishlab chiqariladigan mahsulotlar turi o‘z aksini topgan.
Xalq banki tomonidan moliyalashtirilayotgan “Artikor” MChJ tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yiliga 150 ming dona mahsulot ishlab chiqaradigan korxonada 60 kishi ishga joylashadi.
Shavkat Mirziyoyev mazkur loyihalarni yanada takomillashtirish, ish o‘rinlarini oshirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi