
Buyuklarning o‘z yorlariga yo‘llagan maktublari
Volfgang Amadey Mosartdan – Konstansaga
«Mening suyukli, mittigina rafiqam, sen uchun bir qancha topshiriqlarim bor.
Sendan o‘tinib so‘rayman:
1) Tushkunlikka tushib qolma;
2) Sog‘lingni asra, bahor elvizagidan ehtiyot bo‘l;
3) Bir o‘zing sayrga chiqma, yaxshisi umuman sayr qilma;
4) Senga bo‘lgan muhabbatimga zarracha ham shubhang bo‘lmasin. Har safar maktub yozganimda surating qarshimda turadi;
5) Ikkimizning ham nomimizga dog‘ tushmasin, har bir ishingga ahamiyatli bo‘l. Tashqi ko‘rinishingga e’tibor ber. Bularni senga aytayotganimdan ranjima. Obro‘mizga putur etmasligi uchun qayg‘urayotganimdan meni ko‘proq sevishing kerak, nazarimda.
6) So‘zim yakunida yana bir iltimosim, xatlaringdagi ma’lumotlarni to‘liqroq tasvirlasang. Men ketgan kunimning ertasiga qaynim Xofer keldimi yoki yo‘qmi, shu haqida bilmoqchiman. Va’da berganidek tez-tez xabar olib turibdimi? Langeslar yo‘qlab turishibdimi, har zamon? Portret chizayotganding, ishlaring oldinga siljib qolgandir? Ahvollaring yaxshimi? Mana shular meni har qachongidan ko‘proq qiziqtirayapti»
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar