Qashqadaryoda «jin chiqarish» marosimidan so‘ng fuqaroning jag‘i qiyshaygani aytilmoqda

Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tmasdan diniy marosim o‘tkazgan ikki erkak ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda sud hujjatiga asoslangan ma’lumotlar tarqaldi.
Qayd etilishicha, ikki erkak tegishli diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan holda 2026 yil 22 iyun kuni fuqaroning uyida diniy marosim o‘tkazgan. Sud hujjatida keltirilishicha, marosim davomida fuqaroning «ichida jin borligi» aytilib, uni «davolash»ga urinishgan.
Suddagi bayonotga ko‘ra, jarayon vaqtida fuqaroning qo‘li va bo‘yni qayrilgan. Shundan so‘ng uning jag‘i qiyshayib qolgani aytilgan.
Sud ikki erkakni diniy marosimlarni belgilangan tartibni buzgan holda o‘tkazish bilan bog‘liq huquqbuzarlikda aybdor deb topgan. Ulardan biriga BHMning 30 baravari — 12 million 360 ming so‘m, ikkinchisiga esa 20 baravari — 8 million 240 ming so‘m miqdorida jarima tayinlangan.






























Izohlar 0
…