6 894
MXX xodimlari Farg‘onada jinoyat ishini “bosdi-bosdi” qilishga va’da bergan firibgarni qo‘lga olishdi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati vakillari jinoyat ishini “bosdi-bosdi” qilishga va’da bergan firibgarni tutish uchun maxsus operasiya o‘tkazdi.
Quva tumanida yashovchi “M.A.” ismli shaxs MXX organlariga o‘zini Kamolxon Rahimov deb tanishtirgan kishi qarindoshiga nisbatan ochilgan jinoyat ishini to‘xtatishni va uni qamoq jazosidan qutqarishga va’da berib, 8 ming AQSh dollari talab qilayotgani haqida xabar qilgan.
Uning ma’lum qilishicha, Kamolxon Rahimov bu pullarni Farg‘ona viloyatining sudidagi tanishlariga berishini aytgan.
Fuqaroning bu arizasidan so‘ng MXX xodimlaridan iborat operativ guruh tashkil etildi. Natijada firibgar Farg‘ona shahridagi “Jumanji” kafesida daliliy ashyo bilan qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan Rahimovga firibgarlik hamda pora olganligi uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi