15:44 / 23.06.2017
8 755

Shavkat Mirziyoyev metan narxini arzonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Shavkat Mirziyoyev metan narxini arzonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
Kuni kecha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrif uyushtirgan edi. O‘z safari davomida prezident Qo‘qon shahrida ham bo‘ldi, deb xabar qildi Sputnik.

Xalqimiz farovonligi yuksalgani sari mamlakatimizda transport vositalari ko‘payib bormoqda. Ularning yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida siqilgan va suyultirilgan gaz ballonlar ishlab chiqarish kengaytirilmoqda.

"Shaffof metan sanoat" MChJ tomonidan Qo‘qon shahrida shu yo‘nalishdagi zamonaviy korxona tashkil etish rejalashtirilgan. Buning uchun eski "Qo‘qonmash" zavodining bo‘sh turgan binolarida zamonaviy texnologiya o‘rnatiladi. Yiliga 100 ming dona gaz balloni ishlab chiqarish va avtotransport vositalariga o‘rnatish yo‘lga qo‘yiladi. Korxonada 30 ish o‘rni yaratiladi. Davlat rahbari ushbu mahsulotlarga bo‘lgan talab bilan qiziqdi. "Gaz bilan yuradigan transport vositalari ko‘paysa, benzin va dizel yoqilg‘isiga talab kamayadi. Natijada sohadagi xizmatlar arzonlashadi, imkoniyatlar kengayadi", dedi Mirziyoyev.

Mahsulot tannarxini arzonlashtirish, ishlab chiqarishni ikki barobar oshirish, sohaga ixtisoslashgan mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi, deb ta’kidlandi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev metan narxini arzonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi