Qarangki, shuncha yildan beri Angliya malikasi Diana avtohalokatga uchrab olamdan o‘tgani barchaga ma’lum edi. Buni videomateriallarda ham keng omma e’tiboriga namoyish etishgan. Afsuski, bunday bo‘lib chiqmabdi. Yaqinda 80 yoshli «Mi5» Angliya kontrazvedka sobiq agenti Jon Xopkins shu haqdagi haqiqatni oshkor qildi. Otaxon ayni kunlarda og‘ir xasta. Vrachlarning gapiga ko‘ra, u nari borsa ikki hafta yashashi mumkin xolos. Shuning uchun qariya boqiy dunyoga ketishdan oldin vijdonini poklab olishga ahd qilibdi.
Xullas, Diana aslida tasodifan o‘lim topmagan Aynan Jon Xopkins maxsus xizmat tashkiloti xodimi sifatida qotillikni tashkil etgan.
— Men 1973-1999 yillar oralig‘ida, — dedi Xopkins. — Jami 23 ta maxfiy operasiyalarda ishtirok etganman. Men o‘sha operasiyalar natijasida narigi dunyoga yo‘llaganlar orasida siyosatchi ham, jurnalist ham, jamoatchilik faollari ham bo‘lgan. Diana esa men o‘limga yuz tutdirgan yagona ayol bo‘lib qoldi. Uni o‘ldirish uchun buyurtma esa aynan Bukingem saroyidan kelib boshlig‘imning qo‘liga tushgan.
Buyurtma muallifi shahzoda Filipp edi. Uning aytishicha, Diana saroydagi sirlarni haddan ziyod ko‘p bilgan. U Angliya monarxiyasi uchun asosiy xavf hisoblangan. Saroydagilarning aksariyati bilan munosabati yomon bo‘lgan. Ular shundan qo‘rqishgan. Chunki Diana xohlagan vaqtida keng ommaga ularning sirini oshkor etishi mumkin edi. Shuning uchun ham uni yo‘q qilishga bel bog‘lashgan. Asosiysi, qirolicha Elizaveta shuni xohlagan.
Bukingem saroyidagilar hozircha Xopkinning bayonotiga nisbatan hech qanday fikr bildirganlaricha yo‘q.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi