
Internet foydalanuvchilari Moskva metrosida tasvirga olingan suratni faol muhokama qilishmoqda, deb yozadi Kun.uz nashri. Gap shundaki, suratda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga juda o‘xshash yo‘lovchini ko‘rish mumkin. Ular orasidagi yagona farq Putinning suratdagi qiyofadoshi undan ancha yoshroq.
Suratni chop etgan foydalanuvchi unga hazilomuz izoh qoldirgan: "Moskvada Vladimir Putinning qiyofadoshi aniqlandi, uni 2024 yildan keyin kiritib, monarx deb e’lon qilishmoqchi".
Ushbu post chop etilgandan keyin jadal tarqala boshlagan va qolgan foydalanuvchilar ham unga o‘z fikrlarini bildirishgan. Ba’zilar Putin qiyofadoshining o‘ng tomonida "bo‘lg‘usi Peskov" o‘tirganini aytishgan.

"Nima haqiqatan ham uni klonlashtiruvchi laboratoriya bormi?! Bunisi qayerdan qochib ketdiykin?", deb izoh qoldirgan bir foydalanuvchi.
Yana bir foydalanuvchi yigitning g‘amgin qiyofadaligiga e’tibor qaratib, "Hali xokimiyatga kelmasdan charchagan ko‘rinadi", deb kinoya qilgan.
Bir necha yil avval OAVda Putinning bir necha qiyofadoshi borligi haqidagi xabarlar urchigandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar