Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Saudiya Arabistoni yangi valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonni bu tayinlov bilan tabrikladi. Uning fikricha, qirol Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning bu qarori uning mamlakatda barqarorlikni istayotganidan darak beradi.
"Mening qadrdon inim Muhammad bin Salmonning valiahd shahzoda etib tayinlanishini quvonch va faxr bilan qabul qildim. Bu qirol, ikki masjid asrovchisi tomondan bildirilgan katta ishonchdir", deb yozdi Qodirov instagramda arab tilida.
"Bu donolik, jasurlik va Saudiya Arabistonining barqarorligi, farovonligi va xavfsizligidan manfaatdorlik namoyishidir", deb qo‘shimcha qildi Qodirov.
Qodirovning fikricha, Muhammad bin Salmon sadoqatli va jasur, arab olami va dunyoda yuz berayotgan vaziyatni anglovchi etakchidir.
Saudiya Arabistoni qiroli 21 iyunda qarindoshi Muhammad bin Naif o‘rniga 31 yoshli o‘g‘lini valiahd shahzoda etib tayinlanishi haqidagi qarorni qabul qildi. Bundan tashqari, Muhammad bin Naif mamlakat ichki ishlar vaziri lavozimidan olindi, Muhammad bin Salmon esa mudofaa vaziri lavozimini saqlab qolgan holda bosh vazir o‘rinbosari lavozimini ham egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»