«Tahlilnoma» ko‘rsatuvi boshlovchisi Ozod Hamidxo‘jayev vafot etdi

«Tahlilnoma» ko‘rsatuvi boshlovchisi Ozod Hamidxo‘jayev vafot etdi

Bugun, 28 oktyabr kuni taniqli jurnalist, «Tahlilnoma» ko‘rsatuvi boshlovchisi va «O‘zbekiston 24» telekanalining sobiq rahbari Ozod Hamidxo‘jayev vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi xabar berdi.

«O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi jamoasi taniqli jurnalist, “O‘zbekiston 24” telekanalining sharhlovchisi Ozod Hamidxo‘jayevning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi», — deyiladi uyushma xabarida.

Ozod Hamidxo‘jayev ko‘p yillar davomida «O‘zbekiston» telekanalida efirga uzatilgan «Tahlilnoma» ko‘rsatuvini olib borgan. Shuningdek, u «Axborot» informatsion dasturining bosh muharriri lavozimida faoliyat yuritgan.

2017 yil may oyida jurnalist yangi tashkil etilgan «O‘zbekiston 24» telekanali direktori etib tayinlangan. Ushbu lavozimda o‘sha yilning avgust oyigacha ishlagan.

Ozod Hamidxo‘jayevning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari, yaqinlari va hamkasblariga hamdardlik bildiramiz.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar