
Qozog‘ostonning Olmaota shahrida «Bir soatlik kelin» xizmati yo‘lga qo‘yilganiga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Bu xizmatni o‘tovchilar mijoz xonadonida kelinlar qilishi zarur bo‘lgan barcha yumushlarni ado etadi. Bir soat xizmat 40 ming tangani tashkil etarkan. Xizmatga buyurtma berilgach, qisqa vaqt ichida «Kelin» haqiqiy qozoq kelini libosida shu xonadonga etib keladi. U mehmon kutish, turli-tuman taomlar pishirish, idish-tovoqlarni yuvish, taxlash, mehmonlarga alohida xizmat qilish va boshqa yumushlarni bajaradi.
Yangi xizmatni tadbirkor Elmira Sizdiqova ochgan. Uning gapiga ko‘ra, «Bir soatlik kelin» xizmati asosan boyvuchcha ayollar uchun mo‘ljallangan. Ular uy yumushlariga yo vaqt ajrata olishmaydi, yoki bajarishga erinishadi. Ana shunda bemalol xizmatdan qancha xohlashsa, foydalanaverishlari mumkin. Pulini oldindan to‘lab, kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishsa bas.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar