Toshkentda turli hiyla-nayranglar bilan odamlarning ishonchiga kirib, ulardan katta miqdordan pul olgan folbin ayol qo‘lga tushirildi, deb yozmoqda “Darakchi” nashri.
Masalan, tijorat bilan shug‘ullanuvchi ayol folbinga uchrab eri xiyonat qilayotgani, uni bu yo‘ldan qaytarib berishini so‘raydi.
Qarmog‘iga nahang baliq ilinganini sezgan folbin uni avrashga tushadi: yaqinda o‘lishi, agar dollar olib kelsa, pulning seriya raqamiga qarab duo o‘qib qo‘yishi va shu orqali uni o‘limdan qutqarib qolishini aytadi. Shu tariqa folbin hiyla-nayrang yo‘li bilan tijoratchi ayoldan 5300 AQSh dollari oladi.
Folbin, bundan tashqari, yana boshqa vatandoshlarni ham chuv tushirib, katta miqdorda mablag‘ undiradi.
“Folbinning firibgarlik faoliyatida qonun himoyachilari tomonidan chek qo‘yildi. Endi u jinoyati uchun qonun oldida javob beradi”, deya ma’lum qiladi jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani sudi sudyasi Zoir Kamolov.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi