23:14 / 28.06.2017
11 672

Bu yil bitiruvchilarga 360 milliard so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratiladi

Bu yil bitiruvchilarga 360 milliard so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratiladi
Joriy yilning 5 oyi mobaynida O‘zbekistonda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga 8 trillion 100 milliard so‘mlik kreditlar ajratildi. Bu 2016 yilning shu davriga nisbatan 1,2 barobarga ko‘pdir.

Kreditlarning 1 trillion 900 milliard so‘mi kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan mikrokreditlar hisoblanadi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash doirasida tijorat banklari tomonidan xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishga 1 trillion 255 milliard so‘mlik, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlashga 174 milliard 300 million so‘mlik, ayollar tadbirkorligiga qariyb 346 milliard so‘mlik, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga 156 milliard so‘mdan ziyod kreditlar ajratilgan.

Shuningdek, 2017 yilning yanvar-may oylarida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga ajratilgan kreditlar hajmi 1 trillion 307 milliard so‘mni, nooziq-ovqat iste’mol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan kreditlar hajmi esa 1 trillion 551 milliard so‘mni tashkil etgan.

Qayd etish joizki, kredit yo‘nalishlari orasida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining biznes loyihalarini moliyalashtirishga ajratilgan imtiyozli mikrokreditlar hajmi birmuncha oshgan. Xususan, joriy yildagi ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobarga ko‘paygan.

Umuman olganda, 2017 yilning oxiriga qadar tijorat banklari tomonidan bitiruvchilarga 360 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratilishi belgilangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bu yil bitiruvchilarga 360 milliard so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratiladi