16:02 / 29.06.2017
12 317

​Raqs studiyasidagi ko‘zguda arvoh ko‘rindi (Video)

​Raqs studiyasidagi ko‘zguda arvoh ko‘rindi (Video)
Ijtimoiy tarmoqlarda sirli video paydo bo‘ldi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Devorning ikki tomonida ko‘zgu mavjud bo‘lgan raqs studiyasida mashq qilayotgan raqqosaning aksi o‘z holicha harakatlandi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu holatga izoh topa olmadi. Videoda raqqosa qizning raqs tushgani, keyin dam olish uchun polga o‘tirgani, uning ortidagi ko‘zgudagi aksi o‘z holicha o‘rnidan turib, harakatlangani aks etgan. Raqqosa qiz esa ko‘zgudagi “arvoh”ga e’tibor bermay, studiyani tark etgan.

Ba’zi bir foydalanuvchilar mazkur voqeani paranormal holat deb, boshqalar esa raqqosa qiz bilan birga unga o‘xshab kiyingan boshqa qiz sinxron ravishda raqsga tushgan deya hisoblamoqda. Videorolik aynan qayerda suratga olingani haqida ma’lumot berilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » ​Raqs studiyasidagi ko‘zguda arvoh ko‘rindi (Video)