18:20 / 30.06.2017
6 633

«Toshkent-4» terminali qurilishi ishlari to‘xtatildi

«Toshkent-4» terminali qurilishi ishlari to‘xtatildi
Toshkent aeroportining «Toshkent-4» terminalini qurish bo‘yicha ishlar vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 30 iyun kuni imzolangan «Toshkent-Sharqiy» aerodromi bazasida fuqarolik (ishchi) aviasiyasi zamonaviy aeroport majmuasini qurish» to‘g‘risidagi qarorida ma’lum qilingan. Bu haqda Kun.uz nashri yozmoqda.

Hujjatda qayd etilishicha, terminal qurilishi aholi turar joylari va boshqa binolar buzilishini, Qorasuv kanali yoqasidagi hududdan aholini ko‘chirishni talab etadi, bu esa tuman aholisi tomonidan noroziliklarga sabab bo‘lgan.

Buning o‘rniga Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda rekonstruksiya ishlari olib boriladi. Bu ishlar aeroportning qabul qilish qobiliyatini oshirish va xalqaro reyslar yo‘lovchilariga yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatishga qaratiladi.

Bundan tashqari, shu qaror asosida «Toshkent-Sharq» aerodromi (Tuzelda) fuqarolik aviasiyasi uchun moslashtiriladi, uning bazasida zamonaviy aeroport majmuasi barpo etiladi.

Aerodromdan harbiy-transport aviasiyasi ko‘chiriladi.

«Toshkent-Sharq» aerodromida qurilish-montaj ishlari 2018 yil fevralida o‘tkaziladi.

«Toshkent-4» terminali 2019 yilda qurib bitkazilishi kutilayotgan, uning me’moriy loyihasi Janubiy Koreyaning Heerim kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgandi. Loyiha qiymati 430 million dollarga baholangandi. «Toshkent-4» maydoni 87 ming kvadrat metr bo‘lishi, soatiga 1,5 ming yoki yiliga 5,7 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi mo‘ljallangandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Toshkent-4» terminali qurilishi ishlari to‘xtatildi