13:12 / 01.07.2017
5 796

​Prezidentning “Kamolot” haqidagi savollariga vazirlar va hokimlar javob berolmadi

​Prezidentning “Kamolot” haqidagi savollariga vazirlar va hokimlar javob berolmadi
30 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Kamolot” YoIHning navbatdagi qurultoyida ishtirok etgani va unda nutq so‘zlagani haqida xabar bergan edik.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyat IIB boshlig‘ini yig‘ilishning o‘zida ishdan olgani haqida ham ma’lumot bergandik. Aniqlanishicha, IIB boshlig‘i emas, mansabdori ekan.

“Eng yomoni, joylardagi ayrim rahbarlar “Kamolot” uchun munosib sharoit yaratib berish, yoshlar etakchilariga yordam berish o‘rniga ularga qo‘pol munosabatda bo‘lish, obro‘sini to‘kishni “ish uslubi”ga aylantirib olmoqda.

Masalan, joriy yilning 4 may kuni Navoiy shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida xunuk voqea ro‘y bergan. Ichki ishlar boshqarmasi rahbarlaridan biri “Kamolot”ning Navoiy viloyati kengashi raisini ko‘pchilik o‘rtasida haqorat qilib, zo‘ravonlik bilan tadbirdan chetlashtirmoqchi bo‘lgan.

Qani, ichki ishlar vaziri, A.Azizov, siz bu masalaga qanday izoh berasiz? Navoiy viloyat hokimi, Q.Tursunov, sizning bu holatdan xabaringiz bormi? Bor bo‘lsa, bu masala bo‘yicha qanday chora ko‘rdingiz?

Shu borada Andijon viloyatidan ham noxush bir misol keltirishga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yili Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan viloyat “Kamolot” harakati kengashiga Andijon shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tantanali ravishda yangi avtobus topshirilgan.

Lekin marosim tugashi bilan avtobus olib qo‘yilib, uning o‘rniga shalag‘i chiqqan eski transport vositasi berilgan. Aytinglar, bunday “o‘yin”lar, ko‘zbo‘yamachilik bilan biz yoshlarga qanday tarbiya beryapmiz?

Andijon viloyatining hokimi Sh.Abdurahmonov, siz bunga nima deysiz?

Afsuski, bunday kamchiliklarni respublika miqyosidagi vazirlik va idoralar faoliyatida ham uchratish mumkin.

Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov, ayting-chi, siz o‘z tizimingiz bo‘yicha yoshlar etakchilari bilan qachon uchrashgansiz? Siz boshchilik qilayotgan sohada ishlayotgan pedagoglarning necha foizini yoshlar tashkil etadi? Ularning qanchasi “Kamolot” a’zolari hisoblanadi?”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » ​Prezidentning “Kamolot” haqidagi savollariga vazirlar va hokimlar javob berolmadi