
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritdi. Bu haqda “Qalampir.uz” nashri xabar bermoqda.
Yangi o‘zgarishlarga ko‘ra, 2015 yil 15 sentyabrgacha Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turar-joy binosiga aylantirilgan yotoqxonalarda doimiy yashovchilar shu uyni xususiylashtirish huquqini qo‘lga kiritdilar.
Uy-joyni xususiylashirish imkoniyati 2018 yil 1 iyulgacha taqdim etiladi. Shu vaqtgacha Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga davlat ro‘yxatidan o‘tish va notarial tasdiqlatishga ruxsat beriladi.
Shu tariqa, yotoqxonalarni xususiylashtirgan uy-joy egalari mos ravishda Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olinadilar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar