15 iyuldan elektr energiyasi narxi 7 foizga oshadi

15 iyuldan elektr energiyasi narxi 7 foizga oshadi
«O‘zbekenergo» AJ yoqilg‘i-energiya boyliklarining tannarxi oshishi munosabati bilan 15 iyuldan elektr energiyasining narxlari oshganini xabar qildi.

Qayd etilishicha, 1 kilovatt/soat elektr energiya narxi 191 so‘mdan 204,3 so‘mga (7%) oshadi.

Elektr plitalar bilan jihozlangan turar-joy aholisi uchun esa elektr energiya narxi 95,5 so‘mdan 102,15 so‘mga qimmatlashadi.

Elektr energiyasi iste’moli uchun to‘lovlar so‘nggi marta o‘tgan yilning oktyabr oyidan oshirilgan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar